Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Kokoning shaxsiy akkaunti mavjud bo‘lib, uni 1,9 million foydalanuvchi kuzatadi. iPhone 7 sotuvlarining ilk kunida uning sahifasida smartfon qutilarining surati paydo bo‘lgan.
Bir yil avval Van Sikong iti uchun Apple'ning har biri 12 ming dollar qiymatga ega ikki tilla soatini xarid qilgandi.
"Mening ikki yangi soatim bor! Aslida menga to‘rtta soat kerak, chunki to‘rtta oyog‘im bor. Biroq bunday bo‘lsa, haddan oshgan bo‘lardim, shu bois ikkita bilan cheklanishga qaror qildim, bu men uchun ayni muddao. Senda ham shunday soat bormi?"
Weibo'dagi surat ostida qoldirilgan yozuvdan
O‘sha oydayoq Van Sikong itiga Fendi'dan pushti rangli sumka hadya qildi.

Van Sikong omadli ishbilarmon hamda Xitoyning 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat tadbirkorlaridan biridir. U Singapur va Londonda tahsil olgan. Van Sikong otasi - 24,2 milliard dollar davlati bilan Forbes bo‘yicha Xitoyning eng badavlat kishisi Van Tszyanlinning yagona merosxo‘ri hisoblanadi.
U sevimli itiga bag‘ishlab Coco Wang internet-do‘koniga asos solgan, bu yerda jonivorlar uchun maxsus o‘yinchoqlar va aksessuarlar sotiladi.













