"Tyangun-2" moduli tizimlar va ekipajni koinotda uzoq vaqt bo‘lishiga tayyorlashni sinovdan o‘tkazish uchun qo‘llanadi. Qurilma Xitoyning 2022 yilgacha qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p modulli orbital stansiyani yaratishdagi keyingi qadami hisoblanadi. Modul bir necha yil ishlagach, u "Tyangun-3" bilan almashtiriladi.
Avvalgi koinot stansiyasi "Tyangun-1" 2011 yil 29 sentabrda uchirilgan. U bilan uchta tutashish amalga oshirilgan, 2016 yil boshida stansiyadan foydalanish to‘xtatilgan. O‘z vazifasini o‘tab bo‘lgan stansiya Yer atmosferasiga 2017 yil oxirida kirib, yonib ketishi kutilmoqda.











