Uning o‘ziga xos jihatlari kuzov yonlarining bo‘rtma shakli, old yoritqich chiroqlarining vertikal bloklari hamda katta disklardir. Mitsubishi kompaniyasida qayd etishlaricha, yangi model dizayni yapon mashinasining firma uslubi evolyutsiyasini aks ettiruvchi Dynamic Shield yo‘nalishida ishlangan.

Mitsubishi GT-PHEV modeliga o‘rnatiladigan gibrid agregati xo‘jalik elektr tarmog‘idan quvvatlanishi mumkin. Uning tarkibiga 3ta elektr motor, bitta ichki yonuv dvigateli va akkumulyatorlar to‘plami kiradi. Motorlarning ot kuchiga oydinlik kiritilmagan. Yo‘ltanlamas, shuningdek, barcha g‘ildiraklarga yetakchilik xususiyatini beruvchi Super All Wheel Control (S-AWC) tizimi bilan jihozlanadi.
Krossover elektr quvvati bilan 120 kmgacha masofani ortda qoldira oladi, aralash tartibda 1200 kmni bosib o‘tishi mumkin.













