O‘t o‘chiruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, 5 qavatli ushbu binoda kuchli portlash sodir bo‘lgan va keyin chiqqan yong‘in juda tez tarqalgan.

Mahalliy telekanallar 50 nafarga yaqin kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatgan. 

Bangladeshda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladigan minglab fabrikalar joylashgan (Wal-Mart va H&M). Mamlakatda bunga o‘xshash yirik yong‘inlar avval ham ro‘y bergan.

Dakka yaqinidagi to‘qimachilik fabrikasida 2012 yilda ro‘y bergan yong‘in oqibatida 112 ishchi halok bo‘lgandi. 2013 yilda esa Dakka shahri atrofidagi hududda joylashgan boshqa bir fabrikaning yotoqxonalari o‘t olishi oqibatida 1135 kishi halok bo‘lgan.