Chantxaburi provinsiyasi fermalari yovvoiy fillardan qutulishning yaxshi yo‘lini o‘ylab topishdi: fillar ari chaqishidan juda qo‘rqishar ekan.
Fillarga qarshi qo‘llanilgan elektrlashtirilgan to‘siqlar va qo‘rqituvchi vositalar samarasiz bo‘ldi. Shu sabab fermerlar arilardan foydalanishga qaror qilishdi.

Fermerlar asalarilar uyasini bir-biridan uzoq masofada, arqonlar orqali biriktirgan holatda joylashtirishadi. Fil arqonni uzib yuborgudek bo‘lsa, arilar unga yopirilishadi.

Xuddi shu usuldan Afrikada ham foydalanishadi.