Qarorga muvofiq, «O‘zbektelekom» AJ 2017-yil 1-yanvaridan boshlab ishga tushiriladigan idoralararo tarmoq operatori sifatida tayinlangan. 

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida idoralararo tarmoqni tashkil etib, uni uzluksiz faoliyatini ta'minlashi va rivojlantirishi kerak. 

Bundan tashqari, idoralararo o‘zaro ma'lumot almashishda axborot xavfsizligini ta'minlash va ma'lumotlarni himoya qilish majburiyati ham AJ zimmasiga yuklatilgan.