Uch kun davom etgan bellashuvlarda jamoalar saralash, chorak final, yarim final bahslarida o‘z qobiliyatlarini namoyon etishgan bo‘lsa, Buxoro Muhandislik-texnologiya institutida «Inson kamolotida ijtimoiy muhit muhim» mavzusida o‘tgan final bellashuvi esa qizg‘in taassurotlarga boy bo‘ldi.

Turnirning yakuniy natijalarga ko‘ra, Surxondaryo va Xorazm viloyati jamoalari 1 o‘rin, Toshkent viloyati 2 o‘rin hamda Andijon viloyati jamoasi 3 o‘rin g‘olibi deb topildi. Ular diplom, statuetka, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda «Kamolot» kutubxonasi kitoblari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, turnir davomida o‘zining yuksak so‘z san'atini namoyon etgan hamda chiroyli o‘yin ko‘rsatgan 3 nafar eng yaxshi notiqlar aniqlandi. Qashqadaryo viloyati jamoasi a'zosi Hamdamov Doston «Eng yaxshi 1-notiq», Farg‘ona viloyatidan Qurbonov Qilichbek «Eng yaxshi 2-notiq», Navoiy viloyati jamoasi a'zosi Umrzoqova Nodira esa «Eng yaxshi 3-notiq» nominatsiyalariga munosib ko‘rildi.