Klinton tvitterda unga Virjiniya shtatidan senator, Demokratik partiya milliy qo‘mitasi raisi Tim Keyn sherik bo‘lishini e'lon qildi. Xabarda Keyn o‘z hayotini o‘zgalar huquqi uchun kurashga bag‘ishlagani aytilgan

"Tim Keyn – agar muammolarni yechishni boshlasa, hal qilib bo‘lmaydigan muammo yo‘qligiga ishonuvchi tuzalmas optimist", deb ta'kidlab o‘tdi Klinton.

O‘tgan haftada Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp ham o‘ziga Indiana gubernatori Mayk Pensni vitse-prezident sifatida tanlagandi.