Velozu bilan birga tantanali ochilish marosimida 2003-2008 yillarda Braziliya madaniyat vaziri vazifasini bajargan musiqachi Jilbertu Jil va qo‘shiqchi Anitta ham sahnaga chiqadi. 

Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari, Olimpiya mash'alasini yoquvchi kishining ismi-sharifini qattiq sir tutmoqda. 

Folha de Sao Paulo nashrining yozishicha, umuman ochilish marosimi tantanalari 3 soatga yaqin davom etadi. 

XXXI (31-) yozgi Olimpiada o‘yinlari 2016-yil 5-21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur sport anjumani tarixda ilk bor Janubiy Amerikada tashkil etilmoqda. Paralimpiada 7-18-sentabr kunlariga belgilangan.