"Arzchi shikoyat arizasida u haqdagi shaxsiy: familiya, ismi-sharifi, uning firmasi adresi hamda unda u yakka tartibdagi tadbirkor deb ko‘rsatilgan ma'lumotlarga internet-havolalarni o‘chirishning rad etilishini noqonuniy deb topishni talab qilmoqda", deyildi sudda.
Erkakning aytishicha, ma'lumotlarning bir qismi eskirib qolgan, qolgan qismi esa shaxsiy ma'lumotlarni saqlaydi. Samaralikning ta'kidlashicha, u "Yandeks"ga murojaat qilgan, biroq unga ma'lumotlarni o‘chirishning imkoni yo‘qligi va u shaxsiy ma'lumotlar haqidagi qonun ta'siriga tushmasligi aytilgan.
Makarov qidiruvda u haqida chiqadigan ma'lumotlar uning fikricha shaxsiy va professional rejalariga zarar yetkazishi sababli sudga murojaat qilishga qaror qildi.











