Associated Press xabariga ko‘ra, 11-avgust kuni Livan parlamenti mamlakatda o‘lim jazosini bekor qilish uchun ovoz berdi.

Bundan buyon oliy jazo o‘ta og‘ir katorga ishlari bilan birga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtiriladi.

“Hizbulloh” harakatining parlament blokidan tashqari barcha partiyalar o‘lim jazosining bekor qilinishini qo‘llab-quvvatladi.

Shu tariqa Livan arab dunyosida o‘lim jazosini bekor qilgan birinchi mamlakatga aylandi.

2004-yil yanvaridan beri Livanda o‘lim hukmlarini ijro etishga norasmiy moratoriy amalda edi. Bu vaqt ichida o‘nlab shunday hukmlar chiqarilgan.