Farg‘ona va O‘sh davlat universitetlari olimlari Kampirobod havzasida qo‘shma ixtiologik ekspeditsiya o‘tkazdi. Mutaxassislar olti kun davomida 14 turdagi baliqni aniqlashdi.

Tadqiqotlar Kampirobod suv omboriga quyiladigan Qurshob, Qoradaryo, Yassi, Zerger va Keldyuk daryolarining quyi oqimida olib borildi.

Mutaxassislar aniqlangan ikki turdagi baliqdan molekulyar-genetik tahlil o‘tkazish uchun namunalar oldi. Qo‘shimcha tadqiqotlar laboratoriya sharoitida amalga oshiriladi.

Olimlarning ma’lumot berishicha, aniqlangan 14 tur ro‘yxatiga Kampirobod suv omborida keng tarqalgan oddiy sazan, oq do‘ngpeshona va qilichbaliq kiritilmagan.

Tadqiqot yakunlari bo‘yicha universitetlar ixtiologiya va bioxilma-xillikni o‘rganish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.