Buning uchun “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
O‘zgartishlar Senatning 8-iyul kungi yalpi majlisida ma’qullandi.
Qayd etilishicha, “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’yektlari litsenziya yoki ruxsatnoma olmasdan turib, elektron tarzda vakolatli organni xabardor qilish orqali o‘z faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bunda ular litsenziya yoki ruxsatnoma talablariga moslashish uchun qo‘shimcha vaqtga ega bo‘lib, o‘z faoliyatini sinov tarzida boshlashi va uning iqtisodiy samaradorligini baholashi mumkin bo‘ladi.
“Ushbu o‘zgarish tadbirkorlik faoliyatini boshlashni yengillashtiradi, vaqt va xarajatlarni tejaydi hamda yangi biznes tashabbuslarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi”, – deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.











