Senatning 18-yalpi majlisida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga pensiya tayinlash tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Qonun bilan fuqaroga I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash hamda pensiya tayinlanganidan keyin kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lsa, ushbu pensiya turini har ikki yilda bir marta fuqaroning murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda qayta hisoblab chiqish tartibi joriy etilmoqda.
Shuningdek, pensiyadan chegirma qilinganidan so‘ng fuqaroga to‘lanadigan pensiya miqdori eng kam iste’mol xarajatlari miqdoridan kam bo‘lmasligi belgilanmoqda.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.











