Yetti kishilik keng salon, tejamkor gibrid yuritma va viloyat markazlari orasidagi yo‘lni yonilg‘i quymasdan bosib o‘tishga yetadigan yo‘l bosish zaxirasi - Tiggo 8 Hybrid katta oila uchun Chery’ning eng qulay takliflaridan biri bo‘lib qolmoqda. Uni naqd pulga ham, muddatli to‘lov asosida ham turli byudjyetlarga moslashtirilgan shartlar bilan rasmiylashtirish mumkin.

Tiggo 8 Hybrid narxlari

  • Luxury (1.5 Turbo PHEV, 347 ot kuchi) - 374 900 000 so‘mdan boshlab*
  • Premium (1.5 Turbo PHEV, 347 ot kuchi) - 394 900 000 so‘mdan boshlab*

Ikkala versiyaning kuch qurilmasi bir xil, komplektatsiyalari esa qulaylik imkoniyatlari bilan farq qiladi.

Tiggo 8 Hybrid uchun muddatli to‘lov

Ikkala komplektatsiya ham quyidagi shartlar asosida taklif etiladi:

  • boshlang‘ich to‘lov - 25%dan boshlab;
  • muddatli to‘lov muddati - 12 oydan 60 oygacha (5 yil);
  • 0% foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik uzoq muddatga amal qiladi:
  • boshlang‘ich to‘lov 25%dan yuqori bo‘lsa - 18 oygacha;
  • boshlang‘ich to‘lov 40%dan yuqori bo‘lsa - 24 oygacha;
  • boshlang‘ich to‘lov 50%dan yuqori bo‘lsa - 36 oygacha;
  • boshlang‘ich to‘lov 60%dan yuqori bo‘lsa - butun muddatga, ya’ni 60 oyga.

Oylik to‘lov miqdori tanlangan boshlang‘ich to‘lov va muddatga bog‘liq. Hisob-kitobni Chery’ning rasmiy dilerlik markazlarida amalga oshirish mumkin.

Avtosug‘urtani rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Sug‘urta shartlari bank tomonidan belgilanadi.

Uzoq masofalar uchun yaratilgan yetti o‘rinli gibrid

Tiggo 8 Hybrid - butun oila va yuklar uchun mo‘ljallangan to‘liq uch qatorli krossover. Gibrid qurilma uni shu toifadagi an’anaviy benzinli krossoverlarga nisbatan ancha tejamkor qiladi:

  • yonilg‘i sarfi - akkumulyator quvvati minimal bo‘lganda aralash tsiklda 100 kmga 5,2 litr;
  • yo‘l bosish zaxirasi - O‘zbekiston sharoitida 1200 kmdan ortiq;
  • litiy-temir-fosfat akkumulyatori –35°Cdan +55°Cgacha bo‘lgan haroratda ishlaydi.

Butun oila uchun qulaylik va texnologiyalar

Tiggo 8 Hybrid quyidagi jihozlar bilan ta’minlangan:

  • lyuk va pardaga ega panoramali tom;
  • premium SONY audio tizimi;
  • smartfon uchun simsiz quvvatlash;
  • old yo‘lovchi o‘rindig‘i uchun massaj va ottomanka funksiyasi;
  • katta sensorli multimedia displeyi va ko‘p zonali ovozli boshqaruv;
  • salonda havoni takomillashtirilgan filtrlash tizimi.

Xavfsizlik jihozlari:

  • 6 ta xavfsizlik yostiqchasi;
  • yuqori mustahkamlikdagi po‘lat kuzov;
  • mustaqil osma tizimi;
  • intellektual yordamchi tizimlar: LKA, FCW, BSD, orqa harakatlanishda nazorat tizimi va uzoqni yorituvchi chiroqlarni avtomatik almashtirish tizimi.

Avtomobilga 7 yil yoki 200 000 km, akkumulyatorga esa 8 yil yoki 160 000 km kafolat beriladi.

Chery Tiggo 8 Hybrid egasi bo‘lish uchun

Test-drayvga yozilish, ranglar va komplektatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston bo‘ylab istalgan rasmiy Chery dilerlik markazida olish mumkin.

* Mazkur narx avtomobilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri naqd pulga xarid qilishda amal qiladi. Moliyaviy dasturlar (muddatli to‘lov, avtokredit) orqali rasmiylashtirilganda yakuniy narx farq qilishi mumkin. Amaldagi shartlarni rasmiy Chery dilerlaridan aniqlashtiring.

Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori - ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etiladigan Chery avtomobillarining xususiyatlari, komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 71-276-55-55

Veb-sayt | Facebook | Instagram | Telegram | Telegram-bot | YouTube

Reklama huquqi asosida