Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida mamlakat bo‘yicha jami 373 389 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida dunyoga kelgan bo‘lib, bu yerda 46 436 ta tug‘ilish ro‘yxatga olingan.

Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati - 41 773 ta va Qashqadaryo viloyati - 41 261 ta tug‘ilish bilan egallagan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 35 461 ta, Andijon viloyatida 32 949 ta, Namangan viloyatida esa 31 441 ta chaqaloq tug‘ilgan.

Toshkent viloyatida 29 024 ta, Toshkent shahrida 27 446 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan.

Qolgan hududlar orasida Buxoro viloyatida 17 535 ta, Xorazm viloyatida 17 112 ta, Jizzax viloyatida 16 949 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 894 ta, Navoiy viloyatida 10 724 ta va Sirdaryo viloyatida 9 384 ta tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan.