Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 31 iyuldagi 426-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etishga oid muhim hujjatlar tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, agentlik to‘g‘risidagi nizomda uning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, tashkiliy tuzilmasi hamda rahbariyati vakolatlari belgilab berilgan. Hujjatda chorvachilik sohasini rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish, yaylovlardan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlar nazarda tutilgan.

Shuningdek, agentlik huzuridagi Chorvachilik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi ham tasdiqlandi. Mazkur mablag‘lar sohani rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani takomillashtirish hamda boshqa maqsadli yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari hamda qishloq xo‘jaligi vaziri zimmasiga yuklatilgan.