Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Taxtako‘pir tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yirik miqdordagi talon-torojlik holati fosh etildi.

Tekshiruv davomida «Taxtako‘pirtumangaz» ta’minoti bo‘limining moddiy javobgar shaxslari tomonidan qiymati 1 milliard so‘mlik 1067 dona suyultirilgan gaz balonini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayni paytda ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.