Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fuqarolar M.N. va M.A. “Varq” MFY hududidagi xonadonida umumiy bahosi 176,1 mln so‘mlik 37 turdagi 3 441 qadoqdagi yaroqlilik muddati o‘tgan va sifatsiz dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.