Davlat mehnat inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda 17 iyul kuni tarqalgan videoxabar yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasida mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganini tasdiqladi.

O‘rganish jarayonida obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan xodimlarga belgilangan tartibda qulay mehnat sharoitlari yaratib berilmagani aniqlangan.

Holat yuzasidan Obodonlashtirish boshqarma boshlig‘iga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.

Bu moddaning 1-qismida mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan 5 BHMdan 10 BHMgacha jarima nazarda tutilgan.