Sherzod Xo‘jayev O‘zbekiston energetika vaziri lavozimini egalladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan Xo‘jayev Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.

Qayd etilishicha, bundan oldinroq uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan. U salkam 4 yil vazirlikni boshqargan Jo‘rabek Mirzamahmudovning o‘rnini egalladi.

Sherzod Xo‘jayev 1998 yildan beri energetika sohasida ishlab keladi. U 2019-2023 yillarda energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.