Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 iyul kuni o‘tkazilgan selektorda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi.
Qayd etilishicha, gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 million dollar sarflashga to‘g‘ri kelmoqda.
Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilgan. Mas’ullarga shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Shuningdek, «Milliy elektr tarmoqlari», «Issiqlik elektr stansiyalari», «Transgaz» va «Hududgaz» rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati belgilangan bo‘lib, natija bo‘lmasa, ular ishdan ketishi haqida ogohlantirildi.











