Qayd etilishicha, ish haqi kasbiy malaka va tajribaga qarab 700 AQSh dollaridan boshlanadi hamda yuqori malakaga ega mutaxassislar uchun yanada yuqori daromad taklif etiladi.
Migratsiya agentligining bildirishicha, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar taklif etilmoqda: qurilish, chorvachilik, qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari, traktor va yuk avtomobili haydovchisi, ekskavator boshqaruvchisi, veterinariya, payvandlash, metallni qayta ishlash.
Ishlash istagidagi nomzodlar 18–50 yoshda bo‘lishi, haydovchilik va maxsus texnikalar bo‘yicha vakansiyalar uchun tegishli guvohnoma yoki malaka hujjatiga ega bo‘lishi kerak.
Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqi bor fuqarolar mazkur dasturda ishtirok eta olmaydi.
Ish beruvchi tomonidan Belarusga aviachipta yoki yo‘l xarajatlari, bepul yotoq joy, hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari qoplanishi aytilmoqda.











