Qator mamlakatlar rahbarlari va siyosiy arboblari O‘zbekiston rahbarini ushbu ayyom bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.
Jumladan, turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi hamda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko, Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov, Tatariston raisi Rustam Minnixanov, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anlar qutladilar.
O‘zaro muloqotlar davomida shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qutlovlar davom etmoqda.











