Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, Afg‘oniston–Pokiston chegarasidagi vaziyat va ushbu hududda barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini ta’kidlab, muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.











