Vadefulning so‘zlariga ko‘ra, “avvalo, albatta, Ukraina gapirishi kerak”, ammo Germaniya ham muzokaralarga tayyor. «Biz Moskvaga borib, u yerda yon berishni niyat qilganimiz yo‘q. Bunday bo‘lmaydi. Agar otishma to‘xtasa va muzokaralarga jiddiy tayyorlik paydo bo‘lsa, biz, albatta, ishtirok etamiz», — dedi vazir.

Vadeful Germaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putin ortidan “yalinib yugurmasligi”ni qayd etdi. «Biz hech bo‘lmasa aqlli takliflardan bittasi qabul qilinishiga umid qilamiz», — dedi u. Shuningdek, u, jumladan, Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi tomonidan bildirilayotgan, Putinga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni faolroq taklif qilish haqidagi chaqiriqlarni rad etdi. «Aloqa kanallari yetarli. Lekin agar u gaplashishni istamasa, hech bir kanal foyda keltirmaydi», — deb ta’kidladi vazir.

Forumda Germaniya kansleri Fridrix Mers ham chiqish qildi. U, jumladan, XIX asrda yashagan fransuz yozuvchisi Astolf de Kyustindan iqtibos keltirib, u Rossiyada “eng chuqur varvarlikni eng yuksak sivilizatsiya bilan yonma-yon” uchratish mumkinligini yozganini eslatdi.

Germaniya hukumati rahbari, shuningdek, Ukrainaga ko‘mak haqida, to‘liq ko‘lamli to‘rt yillik urush qurbonlari haqida hamda o‘q yomg‘iridan keyin ukrainlar nur va issiqliksiz uylarda qanday yashayotgani haqida ham so‘zlagan.