Joriy yil 1 yanvardan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bog‘cha puli miqdorlari oshirilmagani ma’lum qilindi.
Tegishli tushuntirishda qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 29 apreldagi qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan belgilangan bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari hozirga qadar o‘zgarishsiz amal qilib kelmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi qarori asosida ayrim tumanlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovlariga nisbatan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilgani eslatib o‘tildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu imtiyozlar 2026 yil 1 yanvarga qadar amal qilgan bo‘lib, ayni vaqtda o‘z kuchini yo‘qotgan.











