Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabr holatiga respublikada umumiy ovqatlanish (restoran, kafe va boshqa ovqatlanish xizmatlari) sohasida 26 278 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 11 oyda qayd etilgan o‘sish umumiy ovqatlanish bozorida xizmatlar hajmi va savdo faolligi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, aylanmaning o‘sishi sohaga bo‘lgan talab hamda xizmatlar ko‘lami kengayishi bilan bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
Keltirilgan raqamlar 2025 yil yanvar–noyabr oylari yakuni bo‘yicha shakllangan.










