Hujjat bilan restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar obektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlash talablarini o‘rnatgan holda ularning tungi paytda ishlash tartibini belgilanadi. Bu borada normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar obektlarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlash talablari, ushbu ko‘ngilochar obektlarni tungi paytda ishlash tartibi nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 5 fevral, ijro uchun mas'ullar - Bosh prokuratura, IIV, DXX, Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi.