Daniyaga eksport qilingan partiya Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan korxona tomonidan yetkazib berildi. Mazkur shartnoma Daniyaning oziq-ovqat importi bilan shug‘ullanuvchi yirik Eurofoods Aps kompaniyasi bilan tuzilgan.

Eksport doirasida umumiy og‘irligi 19 tonnani tashkil etuvchi mayiz va turshak mahsulotlari yuborildi. Ular sifat ko‘rsatkichlari, ekologik tozaligi hamda xalqaro standartlarga to‘liq muvofiqligi asosida tanlab olingan.

O‘zaro muzokaralar, bozor tahlillari va logistika jarayonlari samarasi o‘laroq ushbu eksport bitimi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mazkur kelishuv O‘zbekiston uchun yangi savdo bozoriga chiqish imkoniyatini yaratdi hamda mamlakat eksport geografiyasini yana bir davlat — Daniya hisobidan kengaytirdi.