Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari bemorni pastga tushirish uchun qo‘shimcha kuch talab etilganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng FVV qutqaruvchilari manzilga tezkor yetib kelib, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda fuqaroni yuqori qavatdan xavfsiz holda pastga tushirdi. Bemor shifoxonaga yetkazildi.

Huquq-tartibot va tezkor xizmatlar hamkorligi tufayli evakuatsiya jarayoni zarur xavfsizlik qoidalariga amal qilingan holda amalga oshirilgan.