Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Rossiyaning Yevropa Ittifoqi va NATO havo hududini buzishi sharoitida Yevropani qurollantirish jarayonini tezlashtirishga chaqirdi. Frederiksen bu haqda 2 oktyabr, payshanba kuni Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti bo‘lib o‘tgan Kopenhagenda bayonot berdi.

«Men 2030 yilga borib o‘zimizni to‘liq himoya qila olishimiz kerakligini aytgan bo‘lardim», — deya uning so‘zlarini keltiradi AFP. «Biz ko‘p ish qilyapmiz, lekin tezroq harakat qilishimiz kerak», deb qo‘shimcha qildi Daniya bosh vaziri.

Kopenhagendagi uchrashuvga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yetib keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urush tufayli Ukraina dron hujumlari bo‘yicha «dunyodagi eng katta tajribaga ega» va Daniyani qo‘llab-quvvatlaydi. Zelenskiy sammit davomida Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatilishiga umid qilmoqda, deya xabar beradi AFP.