FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 13 dekabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 10:13 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani. Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 65,81 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,2. Chuqurlik - 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 306 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Xatirchi tumanida 3-4 ball, 17 km;
  • Navbahor tumanida 3 ball, 33 km;
  • Navoiy shahrida 2 ball, 44 km;
  • Narpay tumanida 2 ball, 45 km;
  • Kattaqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km;
  • Nurota tumanida 2 ball, 49 km;
  • Paxtachi tumanida 2 ball, 52 km;
  • Karmana tumanida 2 ball, 55 km;
  • Qo‘shrabot tumanida 2 ball, 61 km.