Yevropada 2025 yilning birinchi yarmida boshpana so‘rab murojaat qilingan yangi arizalar soni sezilarli darajada kamaydi. Umumevropa boshpana agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, iyun oyi oxiriga kelib, taxminan 400 000 ta ariza topshirilgan – o‘tgan yilning xuddi shu davriga qaraganda 114 000 taga kam (minus 23 foiz). Germaniyada Yevropada boshpana izlovchilar soni eng ko‘p bo‘lgan davlat bo‘lishni to‘xtatdi.

Statistik ma’lumotlar Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan Norvegiya va Shveytsariya bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 29 davlatda jami 399 000 ta ariza kelib tushgan. Yetakchilar - Fransiya (78 000), Ispaniya (77 000), Germaniya (70 000) va Italiya (64 000).

Agentlik murojaatlar sonining kamayishini o‘tgan yilning dekabr oyida Suriyada Bashar Asad rejimining qulagani bilan izohladi. So‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta arizachilarning asosiy qismi (49 000) Suriyadan emas, Venesueladan kelgan. Afg‘onistondan 42 mingta yangi ariza kelib tushdi.