Muloqot avalida xorijiy tomonga XMBM faoliyati haqida ma’lumot berildi. Xususan, dunyoning bir qator universitetlari, shu jumladan Britaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston ta’lim tizimiga akademik va kasbiy dasturlarni joriy etish hamda talabalar uchun akademik mobillik va xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib borayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar turli yo‘nalishlarda, xususan dual diploma dasturlari, franchayzing asosida universitet tashkil etish hamda o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar darajasida ishchi muzokaralarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.