Takliflar yetarli miqdorda imzo yig‘ishi bilan ko‘rib chiqish uchun yuboriladi, deb xabar berdi Euronews.

"So‘llar" vakili Tomas Shennonning ta’kidlashicha, fraksiya Ursula fon der Lyayyen olib borayotgan siyosatga qo‘shilmasligi bois ishonchsizlik votumini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. 

Ikkinchi tomondan "Yevropa vatanparvarlari" guruhi ana shunday reja tayyorlamoqda.

Fransiyaning "Milliy birlik", Vengriyaning "Fides" va Italiyaning "Liga" partiyalaridan iborat fraksiya ikkinchi marta ishonchsizlik votumini tashkillashtirishni reja qilmoqda.

Fraksiya matbuot kotibi Alonso de Mendosa ishonchsizlik votumi qachon kiritilishi mumkinligi borasida ma’lumot bermadi. Lekin manbalarning so‘zlariga ko‘ra, votum loyihasi yaqin kunlarda taqdim etiladi.