Mazkur buyruqning 1-ilovada ko‘rsatilgan maktablarda 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun pedagogik sinflar tashkil etiladi.
Shuningdek, ushbu buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:
2-ilova –– o‘zbek tilida ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch o‘quv reja, o‘quv rejaga tushuntirish xati 2a-ilova;
3-ilova –– rus tilida ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch o‘quv reja, o‘quv rejaga tushuntirish xati 3a-ilova;
4-ilova –– ta’lim qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarda ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch o‘quv reja, o‘quv rejaga tushuntirish xati 4a-ilova;
5-ilova –– ta’lim qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarda ta’lim beriladigan maktablardagi sinflar uchun ikkinchi namunadagi o‘quv reja ikkinchi namunadagi o‘quv rejaga tushuntirish xati 5a-ilovaga.
Pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari pedagogik sinflar tashkil etilgan maktablarda dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun 2 nafardan professor-o‘qituvchilar biriktirish choralari ko‘radi.
Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.











