O‘zenergoinspeksiya Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Shayxontohur tumanida «O.O.T.» MChJ boshqaruv servis kompaniyasiga qarashli ko‘p qavatli uylarning elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari ulangan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 663 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.











