Ularning davomida maktabning 7-sinf o‘quvchisi Captiva rusumli transport vositasini boshqarib yurgani aniqlangan.  

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan. 

Shu bilan birga, maktab o‘quvchisining ota-onasi hamda mahalla fuqarolari o‘rtasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

"Hurmatli ota-onalar! Farzandingizning vaqtinchalik xursandchiligi deb, ularning baxtsiz hodisa qurboni bo‘lishiga sababchi bo‘lib qolmang!" - deyiladi YHXX xabarida.