Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
“Vazirlik o‘z tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi”, deyiladi munosabatda.
Vazir matbuot kotibi rasmiy munosabatda xodimlar shaxsini ochiqlamagan.
Kun.uz’ning aniqlik kiritishicha, selektor vaqtida “qo‘lga tushgan” bu amaldor Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Abdurahmon Alimov bo‘ladi. U ushbu lavozimiga tayinlanishidan oldin shahardagi Oqoltin mahallasida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Boshliqning quchog‘ida o‘tirgan ayol kim ekani va qanday lavozimda ishlaganiga aniqlik kiritilmagan.
Bu tizim xodimlarining axloqsizligi bilan bog‘liq ilk holat emas. Avvalroq Andijon shahri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i hamda uning o‘rinbosari o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgani uchun ishdan olingandi.











