Endi piyodaga yo‘l bermagan haydovchilar ushbu kameralar orqali jarimaga tortiladi. Kameralar ishga tushganidan keyingi 3 kun ichida 1700 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati qayd etishicha, yaqin kunlarda bunday kameralar yana 30 ta chorrahada o‘rnatiladi.
May oyida Buxoro shahrida ham piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar faoliyatini boshlagandi.











