Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirovning to‘ng‘iz qizi Ayshat Qodirova Instagramʼdagi sahifasi orqali bosh vazir o‘rinbosarligi lavozimidan ketishini e’lon qildi.

«Bu ish men uchun muhim tajriba bo‘ldi, ijtimoiy blok yo‘nalishi respublikaning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi, ammo o‘ylashimcha, mazkur ish ko‘proq kuchli erkakka mos keladi. Men biznesdagi loyihalar bilan shug‘ullanib respublikamiz farovonligi uchun mehnat qilaman va ishonchim komilki, ushbu faoliyat orqali siyosatdan ko‘ra ko‘proq foyda keltira olaman», — deydi Qodirova.

26 yoshli Ayshat «Firdavs» modalar uyiga qaytmoqda. U 2017-2020 yillar davomida ushbu modalar uyining direktori bo‘lgan, keyin esa Checheniston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, 2021 yilda madaniyat vaziri lavozimlariga tayinlangan. Hukumat rahbarining o‘rinbosari lavozimini Qodirova 2023 yilda qo‘lga kiritgan edi.

«Firdavs» modular uyiga 2009 yilda Ramzan Qodirovning turmush o‘rtog‘i Medni Qodirova asos solgan, 2016 yilda esa u boshqaruvni qiziga topshirgandi.

Ayshat — Qodirovlarning to‘ng‘ich farzandi. U respublika va federal darajadagi, shuningdek, boshqa hududlarning ko‘plab mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Xususan, 2023 yilda u II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.