FVV Seysmoprognostik monitoring markazining xabar berishicha, 23 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 4 marta yer qimirlagani qayd etilgan.
Tumanda soat 04:28 da 3,4 magnitudali, soat 14:08 3,5 magnitudali, soat 14:36 da 3,9 magnitudali va soat 16:28 da 3,3 magnitudali zilzila qayd etilgan.
So‘nggi zilzila Samarqand viloyati Narpay tumanida soat 22:38 da qayd etildi.
Zilzila episentri Narpay tumanida bo‘lib, magnitudasi 2,9 ni tashkil qilgan.











