Ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

Davlat xizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin:

  • DXMga tashrif buyurgan holda;
  • YaIDXP yordamida;
  • davreestr.uz. orqali.

Bunda ko‘chmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda so‘rovnoma to‘ldirib, BHMning 0,5 baravarini to‘lash lozim.

Natijalar quyidagi shakldagi ma’lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi.

Ma’lumotnomada:

ko‘chmas mulkka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o‘zgartirishlar);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana.