Toshkent viloyati prokurori Shavkatjon Rahimov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar berdi. Iste’fo sababi ma’lum emas.
Manbalarga ko‘ra, o‘tgan haftada – 26 iyul kuni Rahimovning birinchi o‘rinbosari Abdulhamid Komilov ham lavozimidan bo‘shatilgan.
Shavkatjon Rahimov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga 2022 yilning sentabr oyi oxirida tayinlangan edi. Bungacha u bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2023 yil aprelida Kun.uz Rahimovning qo‘l ostidagi qator xodimlar undan norozi ekani haqida yozgandi.











