Qaror loyihasi prezidentning «Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, qaror loyihasini qabul qilishdan maqsad davlat mulki obektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotlarni shaffof va yagona platformada e’lon qilib borish, bozor kon’yukturasida shakllanadigan narxlar bo‘yicha tahliliy axborotlar manbasini yaratish, davlat mulklaridan samarali foydalanish jarayonini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat.

Qaror loyihasida davlat mulki obektlari bilan savdo (tanlov)larni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalini yaratish, portalga joylashtiriladigan axborotlar va unga integratsiya qilinadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.