«Paxtakor» klubi jamoa tarbiyalanuvchisi sanalmish 22 yoshli futbolchining ijara asosida qaytganini e’lon qildi. Moskvaning «Torpedo» klubi Erkinovni Toshkent jamoasiga bir yillik ijaraga bergan.

Hojimat «sherlar» safida Superligada jami 37 o‘yinda 6 gol, OChLda esa 13 bahsda 2 gol muallifiga aylangan. U 2022 yilda Rossiya klubiga transfer qilingandi. 

«Meni tarbiyalagan qadrdon jamoam «Paxtakor»ga qaytganimdan xursandman. Superliganing 2-davrasida chempionlik an’anasini davom ettirishda yordam berishni xohlayman», - deydi futbolchi.

Ma’lumot uchun, Hojimat yakunlangan mavsum RPLdagi 20 o‘yinda bitta assistga mualliflik qildi. «Torpedo» esa 13 ochko bilan so‘nggi 16-o‘rinni egallab, Rossiya Premer-ligasini tark etgandi.