O‘zbekiston Fanlar akademiyasining  Materialshunoslik instituti va Singapurning JIT Engineering & Solitions Pte.Ltd kompaniyasi bilan mamlakatda yaratilgan yuqori samarali payvandlash materiallari va texnologiyalarini Hindiston hamda Janubiy Osiyoning boshqa mamlakatlari bozorida ilgari surish va tijoratlashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Kelishuvga muvofiq Materialshunoslik instituti mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida mas’uliyatli konstruksiyalarda (ko‘priklar, binolar, texnologik inshootlar va qurilmalar) ishlatiladigan alyuminiy qotishmalari, zanglamas po‘lat va boshqa metallar uchun yuqori samarali payvandlash materiallarini yaratish va sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

JIT Engineering & Solitions Pte.Ltd kompaniyasi yangi mahsulotlar va texnologiyani xalqaro bozorga olib chiqish va ilgari surish ishlari bilan shug‘ullanadi.