“Bu chinakam tarixiy voqea: O‘zbekiston ilk bor yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Qolaversa, so‘nggi ikki bosqich bir xil keskin o‘tdi, chunki yarim finalda uch nafar yigitimizga kubalik taniqli bokschilar qarshilik ko‘rsatishdi, qozog‘istonlik sportchilar bilan bo‘lgan prinsipial janglar esa finalga o‘zgacha dramatiklik bag‘ishladi. «Oltin»dan tortib «bronza»gacha bo‘lgan har qanday qiymatdagi medallarni nafaqat yigitlar, balki terma jamoaning iqtidorli qizlari ham qo‘lga kiritishganligi muhim va qadrlidir. Asosiy natija esa shunday: hozirgi yulduzlarimiz bugunning o‘zida munosib o‘rinbosarlarga ega bo‘lishdi, respublikamiz boksini esa katta kelajak kutmoqda”, — dedi O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi o‘rinbosari Saken Po‘latov.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida chempionatga jami 20 nafar sportchi (12 yigit va 8 qiz) yo‘l olishdi. Zafarli o‘yin terma jamoamiz hisobiga 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini keltirdi va bu yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlari tarixida ilk bor bokschilarimizga medallar jadvalida so‘zsiz yetakchilikni ta’minladi.

«Oltin»:

  • 48 kg - Gulsevar G‘aniyeva
  • 57 kg - Baxtiyor Asadov
  • 67 kg - Javohir Ummataliyev
  • 71 kg - Fazliddin Erkinboyev
  • 75 kg - To‘rabek Xabibullayev

«Kumush»:

  • 70 kg - Aziza Zokirova
  • 80 kg - Rahmatillo Boymatov
  • 81 kg - Oltinoy Sotimboyeva

«Bronza»:

  • 54 kg – Xo‘janazar Nortojiyev
  • 75 kg - Sahobat Husanova

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ammanda (Iordaniya) boks bo‘yicha yakunlangan Osiyo chempionatida O‘zbekiston kattalar terma jamoasi ham birinchi umumjamoaviy o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.