Uchrashuv davomida o‘zbekistonlik yoshlar taklifidan kelib chiqqan holda endigina ushbu mamlakatga kirib kelgan yoshlar yangi muhitga moslashishiga yordam berish maqsadida bepul koreys tili kurslarini tashkil etishga kelishib olindi. Kurslarga qiziqish bildirgan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish jarayoni boshlandi.
Shu yerning o‘zida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Koreyadagi yangi vakili tayinlandi. Unga Janubiy Koreyada ilmiy izlanish olib borayotgan Yelena Chuyanova tayinlandi. «Kelajak bunyodkori» medali va «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni sohibasi Yelena Chuyanova O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
Bugungi kunda 20 ga yaqin mamlakatda assotsiatsiya vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili may oyida elchixona tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Koreyadagi vakolatxonasi ushbu mamlakatda nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tdi.











